Jamiyat | 19:57 / 16.07.2021
5782
1 daqiqa o‘qiladi
Samarqandda shifokorlar kaltaklandi. Hodisa bo‘yicha IIB tekshiruv o‘tkazmoqda
Samarqand viloyati Past Darg‘om tumanida shifokorlarni kaltaklab, jarohat yetkazishgan. Hodisa yuzasidan IIB tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib bormoqda. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, 15 iyul kuni soat 23:00larda Past Darg‘om tumani Qo‘shquduq mahallasida joylashgan qishloq vrachlik punktiga, shu mahallada yashovchi, 1978 yilda tug‘ilgan X.M. kelgan.
U, navbatchi shifokorga farzandini davolashga bormaganini aytib, shifokor T.F. va navbatchi feldsher N.I.ni urib, tan jarohati yetkazgan.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan Past Darg‘om tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
12:21 / 07.10.2024
Samarqandda sodir bo‘lgan YTHda haydovchi halok bo‘ldi
14:57 / 06.10.2024
Samarqandda yangi 1 800 o‘rinli maktab binosi sifatsiz qurilayotgani aniqlandi
07:15 / 02.10.2024
Samarqand arxitektura-qurilish universitetida yong‘in sodir bo‘ldi
07:10 / 02.10.2024