Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Urgut» EIZ rahbari Jamshid Haydarov viloyat hokimiga o‘rinbosar bo‘ldi
Jamshid Temurovich Haydarov — Samarqand viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
J.Haydarov 1975 yilda Urgut tumanida tug‘ilgan. 2002 yil Toshkent davlat Iqtisodiyot universitetini tamomlagan.
Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasining 3 iyun kuni qabul qilgan 342-sonli qarorida «Urgut» EIZ rahbari viloyat hokimining o‘rinbosari bo‘lishi belgilab qo‘yilgan.
Ma'lumot uchun, Prezident Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 12 yanvar kuni «Urgut», «G‘ijduvon», «Qo‘qon» va «Hazorasp» erkin iqtisodiy zonalarini tashkil etish to‘g‘risidagi farmonini imzolagan. Jamshid Haydarov «Urgut» EIZni u tashkil etilgandan buyon boshqarib kelmoqda.
Mavzuga oid
18:37 / 02.05.2026
Farg‘ona va Surxondaryoda sel kuzatildi, Samarqandda ko‘chalarni suv bosdi
09:45 / 21.04.2026
Samarqandda mashinasozlik sanoat zonasi tashkil etiladi
10:35 / 20.04.2026
Samarqandda noqonuniy oltin ajratib olish faoliyatiga chek qo‘yildi
15:09 / 04.04.2026