Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand viloyati hokimligi boshqaruvi tuzilmasida o‘zgarish: Endi «Urgut» EIZ rahbari viloyat hokimi o‘rinbosari hisoblanadi
Samarqand viloyati hokimligi boshqaruvi tuzilmasiga o‘zgartirish kiritildi. «Samarqand viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – Urgut erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi rahbari» lavozimi joriy etildi. Shunga ko‘ra endi «Urgut» EIZ rahbari viloyat hokimi o‘rinbosari hisoblanadi.
Joriy yil 3 iyun kuni Vazirlar Mahkamasining «Samarqand viloyati hokimligi boshqaruvi tuzilmasida o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida» 342-sonli qarori qabul qilingan. Qarorga ko‘ra, «Samarqand viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – Urgut erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi rahbari» lavozimi joriy etilgan.
Bundan tashqari, «Samarqand viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari» lavozimi «Samarqand viloyati hokimining kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari» lavozimi etib qayta nomlangan.
Qayd etilishicha, mazkur qarordan so‘ng, «Urgut» EIZ rahbari Jamshid Haydarov viloyat hokimining sanoatni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimini egallaydi.
Shu paytgacha viloyat hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Akmal Shukurov viloyati hokimining kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlaydi.
Qarorda ta'kidlanishicha, «Samarqand viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – Urgut erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi rahbari» lavozimini joriy etish taklifi viloyat hokimligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan taklif etilgan.
Qarorda shuningdek, Samarqand viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – Urgut erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi rahbarining kotibiyat mudiri lavozimi ham joriy etilgan.
Samarqand viloyati hokimligi axborot xizmati rahbari Manuchehr Mirzayevning Kun.uz’ga ma'lum qilishicha, 4 iyun kuni Vazirlar Mahkamasining yuqoridagi qarori ijrosi yuzasidan viloyat hokimining ham qarori qabul qilingan.
Mavzuga oid
15:09 / 04.04.2026
Samarqand viloyatida portlash xavfining oldi olindi
12:57 / 04.04.2026
Toshkentda yer sotuvi ortidagi firibgarlik sxemasi ochildi
19:38 / 18.03.2026
Samarqand viloyatining 4 ta tumanida jamoat yaylovlari tashkil etiladi
14:31 / 13.03.2026