Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afrika janubida rekord darajada sovuq harorat qayd etildi
24 iyulga o‘tar kechasi mamlakatning 19 hududida eng past harorat qayd etilgan. Kimberli shahri va uning atrofida harorat minus 9,9 darajani tashkil etgan.
Hozirda qish fasli hukm surayotgan Janubiy Afrika Respublikasining markaziy qismida rekord darajada past harorat qayd etildi, deb xabar berdi SABC radiostansiyasi.
Sinoptiklarning ma'lumotlariga ko‘ra, 24 iyulga o‘tar kechasi mamlakatning 19 hududida eng past harorat qayd etilgan. Kimberli shahri va uning atrofida harorat minus 9,9 darajani tashkil etgan. Bu JARdagi meteorologik kuzatuvlar tarixidagi eng past harorat hisoblanadi.
Yohannesburgda havo harorati minus 7 darajaga teng bo‘lgan. Avvalgi rekord 1995 yil 19 iyulda qayd etilgan bo‘lib, o‘shanda - 6,3 daraja sovuq bo‘lgan.
JARning turli hududlarida ilk marta qor yog‘di. Ko‘plab avtomobil yo‘llari muzlama sababli yopilgan.
Sovuq ob-havo yana bir hafta hukmronlik qilishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
14:05 / 13.06.2026
Juda issiq ob-havo homiladorlikka qanday ta’sir ko‘rsatadi?
08:35 / 12.06.2026
Transakva: Afrika xaritasini o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan megaloyiha
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
08:14 / 06.06.2026