O‘zbekiston | 09:38 / 26.07.2021
1921
2 daqiqa o‘qiladi

O‘qishga kiritishni va'da qilgan firibgarlar ushlandi

Qo‘qon davlat pedagogika institutining o‘qishga kiritish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi, deya xabar bermoqda Bosh prokuratura huzuridagi departament matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Beshariq tumani bo‘limlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida fuqaro D. X. fuqaro M.ni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida 1 000 dollar evaziga Qo‘qon davlat pedagogika institutining psixologiya fakultetiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va'da qilib, oldindan 500 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, Departament hamda DXXning Dang‘ara tumani bo‘limlari tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirda “B.S.” nodavlat ta'lim muassasasi rahbari A. A. fuqaro G.ning ishonchiga kirib, uni Qo‘qon pedagogika institutiga 2 500 dollar evaziga o‘qishga kiritib qo‘yishini aytib, oldindan 500 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq Farg‘ona shahrida bog‘dorchilik uchun ajratilgan yer maydonini firibgarlik yo‘li bilan sotishga uringan fuqaro qo‘lga olingani haqida xabar berilgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid