Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qo‘qon davlat pedagogika instituti talabasi talabalar turar joyining 3-qavatidan tushib ketdi
Qizlarning xonasi ichiga kuzatuv kamerasi o‘rnatib qo‘yilishi ortidan omma e’tiboriga tushgan Qo‘qon davlat pedagogika instituti talabalar yotoqxonasida yana ko‘ngilsiz hodisa yuz berdi. Institutning 2-kurs talabasi 3-qavatdan tushib ketgan.

Foto: Kun.uz
Kun.uz manbasiga ko‘ra voqea 12 dekabr kuni soat 22:00 lar atrofida institutga qarashli 3-sonli talabalar turar joyida sodir bo‘lgan. O‘zini pastga tashlagan talaba qiz institutning jismoniy madaniyat fakulteti xotin-qizlar sporti yo‘nalishining 2-bosqich talabasi bo‘lgan. Bunga talabaning xonadosh dugonalari bilan o‘zaro kelishmovchiligi sabab bo‘lgani aytilmoqda.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligidagi manbaning aytishicha, qizning o‘z joniga qasd qilishiga urinishi uning oiladagi kelishmovchiliklari bilan bog‘liq.
Baxtsiz hodisadan so‘ng talaba zudlik bilan Qo‘qon shahar tez tibbiy yordam bo‘limga olib borilgan. Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, jonlantirish bo‘limiga joylashtirilgan.
Ushbu holat yuzasidan Qo‘qon shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Qo‘qon davlat pedagogika instituti talabalar yotoqxonasidagi qizlar xonasiga yashirin kamera o‘rnatgani ortidan jamoatchilik e’tiboriga tushgandi.
O‘shanda institutning yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori O.B. MJtKning 46-1-moddasida (shaxsiy hayot daxlsizligini buzish) ko‘rsatilgan ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilib, 4,5 mln so‘m miqdorda, institutning ta’lim texnologiyalari markazi xodimlari A.M., B.O. va bo‘lim boshlig‘i R.M. ham ushbu modda bo‘yicha aybdor deb topilib, 3 mln so‘m (har biri) jarima jazosiga tortilgandi.
Tavsiya etamiz
Internetda Trampning o‘limi haqida feyk xabarlar tarqaldi
Jahon | 17:41 / 30.08.2025
Odilbek Isoqov – banklarni xususiylashtirish kechikayotgani haqida
Iqtisodiyot | 14:10 / 30.08.2025
Moskvadagi migrantlar «Amina» mobil ilovasi orqali nazorat qilinadi
Jahon | 18:43 / 26.08.2025
O‘zbekiston va Iordaniya vizasiz rejim o‘rnatadi
O‘zbekiston | 16:23 / 26.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Pentagon rahbari Venesuela prezidentini ag‘darish bo‘yicha operatsiya tayyorligini bildirdi
Jahon | 23:41
-
Ispaniyada «Vuelta» velopoygasi Falastin tarafdorlari namoyishi tufayli muddatidan oldin yakunlandi
Sport | 23:38
-
Xitoydagi uchrashuvlardan G‘arb tashvishda. O‘zbekistonning qarashlari qanday?
O‘zbekiston | 23:24
-
Tramp AQSh qurolli kuchlarini Rossiya va Xitoyni tiyib turish uchun tayyorlashni buyurdi
Jahon | 22:45
Mavzuga oid

18:15 / 20.08.2025
1-kurs talabalaridan yotoqxonaga arizalar qabuli boshlandi

15:56 / 16.08.2025
Navoiyda bir maktabning barcha bitiruvchisi talaba bo‘ldi

08:10 / 09.08.2025
O‘zbekiston va BAA talabalar hamda shifokorlar almashinuvini yo‘lga qo‘yadi

13:53 / 08.08.2025