Janubiy va Shimoliy Koreya aloqa kanalini tiklashga kelishib oldi
Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In va Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Seul va Pxenyan o‘rtasidagi aloqa kanalini tiklashga hamda ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlashga kelishib oldi. Bu haqda Janubiy Koreya prezidenti ma'muriyati ma'lum qildi.
Ta'kidlanishicha, ikki davlat rahbari joriy yil aprelidan boshlab bir necha marta o‘zaro maktublar bilan bo‘lishgan. Aynan shu aloqalar evaziga 2020 yilda uzilib qolgan aloqa kanalini tiklashga kelishishga muvaffaq bo‘lingan.
2020 yil 9 iyunda Shimoliy Koreya Janubiy Koreya nohukumat tashkilotlari faollari tomonidan chegara orqali shimol tomonga tashviqot varaqalari bog‘langan pufaklar yuborilganiga javoban Seul bilan barcha aloqa liniyalarini uzib qo‘ygan. Pxenyanda Janubning bu harakatlari ikki tomonlama tinchlik sulhlariga putur yetkazuvchi dushmanona harakat deb baholangan. Pxenyan bunga javoban Koreyaaro aloqa ofisidagi barcha telefonlar hamda aloqa kanalini uzib qo‘ygan. Keyinroq Shimoliy Koreya chegaradagi Keson shahrida joylashgan ushbu ofisni portlatib yuborgan.
Mavzuga oid
23:22 / 17.10.2024
Shimoliy Koreyada chuchxe kalendari bekor qilindi
19:27 / 17.10.2024
Shimoliy koreyalik hakerlar yadroviy dastur uchun 3 mlrd dollar o‘g‘irlagan - Microsoft
10:10 / 17.10.2024
Zelenskiy KXDRni urushda Rossiya tomonida qatnashishda aybladi
08:50 / 17.10.2024