Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yoqutistonda o‘rmon yong‘inlaridan chiqqan tutun quyoshni to‘sib qo‘ydi
Avvalroq Yoqutiston Respublikasida 1,5 mln gektardan ortiq o‘rmon yonayotgani xabar qilingandi.
Yoqutistondagi Kubay qishlog‘ida o‘rmon yong‘inlaridan chiqqan tutun natijasida kunduzi xuddi tundagi kabi zimistonga aylandi. Ushbu holat tasvirlangan video 14news Telegram-kanalida joylashtirildi.
Lavhada qorong‘i osmon va kul yog‘ayotgan yo‘l tasvirlangan. Kanalning xabar berishicha, video 2 avgust soat 15:00da olingan.
News.Ykt.Ru o‘quvchilarining ma'lum qilishicha, soat 17:00da Bagadya qishlog‘ida ham quyosh ko‘rinmay qolgan.
Avvalroq Yoqutiston Respublikasida 1,5 mln gektardan ortiq o‘rmon yonayotgani xabar qilingandi.
Ma'lumot berilishicha, o‘rmon yong‘inlari hatto kosmosdan ham ko‘ringan.
Mavzuga oid
07:47 / 14.04.2026
Dunyo xaritasidagi eng ulkan ma’muriy hududlar
15:23 / 27.12.2025
Yoqutistonda isitish uchun ko‘mir tugab bormoqda
07:26 / 05.07.2025
Kaliforniyada o‘rmon yong‘inlari 22 ming gektardan ortiq maydonni qamrab oldi
08:29 / 02.07.2025