O‘zbekiston | 16:24 / 04.08.2021
6774
2 daqiqa o‘qiladi

Aholi murojaatlarini hal etish uchun joylarda «Tezkor shtablar» tashkil etilmoqda 

Joriy yil 23 iyul kuni davlat rahbari boshchiligida aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini mutlaqo yangicha tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida o‘tkazilgan kengaytirilgan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida, respublikaning barcha hududlarida mahalliy mutasaddilar uchun maxsus o‘quv seminarlar tashkil etilmoqda.

Seminarlarda markaziy studiyalardan viloyat hokimlari, ularning tegishli o‘rinbosarlari, viloyat boshqarma va tashkilotlari rahbarlari hamda aholi murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha mas'ul xodimlar ishtirok etishyapti. Joylardagi studiyalardan esa shahar va tumanlar hokimlari va ularning birinchi o‘rinbosarlari tumandagi sektor rahbarlari va tashkilot boshliqlari qatnashyapti.

Shu bilan birga, joylarda aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yangicha tashkil etish bo‘yicha hokimliklar qoshida “Tezkor shtab”lar tuzilyapti. “Tezkor shtab” rahbari viloyat hokimi bo‘lib, shtab faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi, davlat rahbari tomonidan belgilab berilgan vazifalar hamda yuqori tashkilotlar tomonidan yuborilgan topshiriq va tavsiyalar ijrosini ta'minlaydi. Sayyor va shaxsiy qabullar o‘tkazadi.

“Tezkor shtab” guruhi ma'lumotlarni elektron bazaga kiritadi, korxonalar tomonidan qayta o‘rganilgan murojaatlar to‘g‘risidagi dalolatnomalar va fuqarolarning tushuntirish hamda minnatdorchilik xatlari bo‘yicha kunlik ma'lumotlarni yig‘adi. Natijada, ushbu ko‘rsatkichlar haqqoniyligini Xalq qabulxonalari mudir va mutaxassislari o‘rgangan holda hujjatlar yig‘ib boriladi.  

Mavzuga oid