Jahon | 23:27 / 07.08.2021
9849
2 daqiqa o‘qiladi

Bloomberg tahlilchilari arzon gaz davri nihoyasiga yetganini aytmoqda

Iqlim haqida qayg‘urayotgan investorlar va hukumatlar talabi bilan gaz yetkazib berishga pul tikish kamaymoqda. 

Foto: REUTERS/Nick Oxford

Arzon gaz davri tugadi. Uning o‘rniga qimmat energiya davri keldi, deb yozmoqda Bloomberg agentligi.

Agentlik tahlilchilarining qayd etishicha, dunyoda oxirgi o‘n yilda elektr energiyasi ishlab chiqarish va uylarni isitishda foydalaniladigan gaz yetishmovchiligi bo‘lmadi. Shu bilan birga, uning narxi yetarlicha arzon bo‘ldi.

«Bu yil mazkur jarayon to‘xtadi, chunki talab taklifdan oshib ketdi. Ushbu haftada Yevropada gaz narxi rekord ko‘rsatkichga yetdi, Osiyoga suyultirilgan gaz yetkazib berish hajmi esa yilning bu davri uchun rekord miqdorda bo‘ldi», — deyiladi tahlilda.

Bundan tashqari, iqlim haqida qayg‘urayotgan investorlar va hukumatlar talabi bilan gaz yetkazib berishga pul tikish kamaymoqda. 

Xalqaro energetika agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, 2024 yilga borib gazga bo‘lgan talab pandemiyadan oldingi davrga nisbatan 7 foizga o‘sadi. 

Ushbu haftada Yevropada ming kub metr gaz narxi 540 dollardan oshdi. Bunga «Gazprom» kompaniyasining Yamal-Nenets avtonom okrugidagi zavodida yong‘in kelib chiqqani bois «Yamal — Yevropa» quvuri orqali gaz yetkazib berishning qisqargani sabab bo‘ldi. 

Mavzuga oid