Jahon | 15:13 / 11.08.2021
3629
1 daqiqa o‘qiladi

Belgiyada koronavirus yuqtirish holatlari soni oshdi

Mamlakatda 1-7 avgust kunlari 1755 ta yangi holat qayd etilgan, bu o‘tgan yetti kundagiga nisbatan 12 foizga ko‘p.

Foto: Reuters

Belgiyada 4-10 avgust kunlari koronavirus yuqtirgan bemorlarning shifoxonaga yotqizilishi holatlari o‘tgan haftadagiga nisbatan 22 foizga o‘sdi. Bu haqda Belgiya jamoat sog‘lig‘ini saqlash instituti (Sciensano) ma'lum qildi.

Ma'lumot berilishicha, Belgiya shifoxonalarida koronavirus tashxisi bilan yotgan bemorlar soni avvalgi haftadagiga nisbatan 27 foizga ko‘paygan. Intensiv terapiya bo‘limlaridagi bemorlar soni esa 29 foizga oshgan.

Mamlakatda 1-7 avgust kunlari 1755 ta yangi holat qayd etilgan, bu o‘tgan yetti kundagiga nisbatan 12 foizga ko‘p.

Belgiyada aholining 71,3 foizi vaksinaning birinchi dozasi bilan emlangan, to‘liq emlanganlar esa aholining 64,1 foizini tashkil etadi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid