O‘zbekiston | 08:44 / 13.08.2021
4140
1 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda xonadonida ko‘knori o‘simligini saqlab kelayotgan shaxs aniqlandi

Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida xonadonida ko‘knori giyohvandlik vositasini saqlab kelgan shaxs aniqlangan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, joriy yil 11 avgust kuni «Jinoyatchilikka qarshi kurashish» tadbiri doirasida huquq-tartibot organlari tomonidan Oqdaryo tumani «Turon» MFYda yashovchi fuqaroning yashash xonadoni tegishli tartibda ko‘zdan kechirilgan.

Ma'lum bo‘lishicha, mazkur shaxs o‘z xonadonida 3 kilogramm, shundan 500 grammi quritilgan ko‘knori giyohvandlik o‘simligi mavjudligi aniqlanib, xolislar ishtirokida hujjatlashtirib olingan.

Ta'kidlanishicha, holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv tadbirlari olib borilmoqda.

Ғайрат Йўлдошев
Tayyorlagan Ғайрат Йўлдошев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid