Jahon | 22:32 / 14.08.2021
10658
1 daqiqa o‘qiladi

Toliblar yana ikkita viloyat markazini egalladi

Toliblar matbuot kotibi Zabihulla Mujohidning ma'lum qilishicha, mamlakat sharqidagi Gardez shahri ham harakat a'zolari nazoratiga o‘tgan.

Foto: EPA/Vostock-photo

Afg‘oniston shimoli-g‘arbidagi Faryob viloyati markazi Maymana shahri «Tolibon» jangarilari nazoratiga o‘tdi. Bu haqda toliblar vakili Qori Ahmadiy o‘z tvitterida ma'lum qildi.

Afg‘oniston rasmiy hukumati hozircha bu xabarga izoh bermadi.

Toliblar matbuot kotibi Zabihulla Mujohidning ma'lum qilishicha, mamlakat sharqidagi Gardez shahri ham harakat a'zolari nazoratiga o‘tgan.

Jangarilar Afg‘oniston milliy armiyasining 203-korpusini qo‘lga kiritgan.

«Korpus nazorat ostida, mujohidlar ko‘plab qurol, texnika va uskunalarni qo‘lga kiritdi», — deb ma'lum qilgan toliblar vakili.

Avvalroq toliblar viloyat qamoqxonasi egallangani, bir necha yuz mahbus ozodlikka chiqarilganini bildirgan.

Mahalliy manbalarning xabar berishicha, hozirda Balx viloyati markazi bo‘lgan Mozori Sharif atrofida qaqshatqich janglar bo‘lib o‘tmoqda.

 

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid