Jahon | 22:48 / 14.08.2021
10310
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada samolyot qulashi oqibatida besh nafar rossiyalik harbiy halok bo‘ldi

Be-200 samolyoti Qahramonmarash viloyatida halokatga uchragan. U o‘rmon yong‘inini o‘chirishda ishtirok etayotgan bo‘lgan.

Foto: Anadolu Agency

Turkiyada Be-200 samolyoti halokatga uchrashi oqibatida besh nafar Rossiya va uch nafar Turkiya fuqarosi halok bo‘ldi. Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligi xabar berdi.

«Turkiyada Be-200 samolyoti halokatga uchrashi oqibatida yong‘inga qarshi kurashayotgan besh nafar rossiyalik harbiy xizmatchi va uch nafar Turkiya fuqarosi halok bo‘ldi», — deyiladi xabarda.

Xabarda aytilishicha, Be-200 samolyoti Qahramonmarash viloyatida halokatga uchragan. U o‘rmon yong‘inini o‘chirishda ishtirok etayotgan bo‘lgan.

Hurriyet gazetasining yozishicha, samolyot tog‘da qulab tushgan. Turkiya o‘rmon xo‘jaligi boshqarmasining bildirishicha, havo kemasi o‘rmon yong‘inlarini o‘chirish uchun Rossiyadan ijaraga olingan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid