Jahon | 00:29 / 15.08.2021
5629
1 daqiqa o‘qiladi

Haitida yuz bergan zilzila oqibatida 29 kishi halok bo‘ldi

Haitida shanba kuni ertalab sodir bo‘lgan zilzila kuchi 7,2 ballga teng bo‘lgan.

Foto: AP

Haiti janubida yuz bergan zilzila oqibatida 29 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda mamlakat fuqaro mudofaasi boshqarmasi xabar berdi.

«Halok bo‘lganlarni qidirish ishlari olib borilmoqda. Hozirga qadar 29 kishi halok bo‘lgani qayd qilindi», — deb ma'lum qildi boshqarma vakili.

Xabar qilinishicha, Grand-Ans va Nipp departamentlari zilziladan kuchli talafot ko‘rgan.

Haitida shanba kuni ertalab sodir bo‘lgan zilzila kuchi 7,2 ballga teng bo‘lgan. Keyinroq 5,2 balli yana bir yer silkinishi qayd etilgan.

Mavzuga oid