Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda gultuvaklarda giyohvandlik o‘simligini yetishtirayotgan shaxs aniqlandi
Foto: Samarqand viloyati IIB axborot xizmati
Samarqand viloyati Samarqand tumanida xonadonida gultuvaklarda giyohvandlik o‘simligini yetishtirayotgan shaxs aniqlangan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, joriy yil 12 avgust kuni Samarqand tumani IIB xodimlari tumanning Qorasuv mahallasida yashovchi fuqaro A.S.ning yashash xonadonini tegishli tartibda ko‘zdan kechirgan. Tadbir davomida A.S. yashash xonasida gultuvaklarda kannabis parvarishlanib kelayotgani aniqlanib, giyohvandlik o‘simligi hujjatlashtirib olingan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan A.S.ga nisbatan Jinoyat kodeksning 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
07:23 / 05.05.2026
Prezident Samarqanddagi OTB yig‘ilishida muhim tashabbuslarni ilgari surdi
17:45 / 30.04.2026
Forma ortidagi sxema: Samarqandda leytenant million dollarlik ishda gumonlanmoqda
15:48 / 30.04.2026
50 dollarlik ofis va minglab mijoz: tasodifiy buyurtmani katta biznesga aylantirgan samarqandlik tadbirkor hikoyasi
15:10 / 30.04.2026