Haitidagi zilzila qurbonlari soni 1,5 mingga yaqinlashdi
Haitida 14 avgustda yuz bergan vayronkor zilzila qurbonlari soni 1419 nafarga yetdi. Hukumat halok bo‘lganlar soni oshishi mumkinligidan ogohlantirdi va mamlakatda 3 kunlik motam e'lon qildi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, tabiiy ofat oqibatida 7 mingga yaqin odam jabrlangan, 37 mingdan ko‘proq uy vayron bo‘lgan.
Eng ko‘p halok bo‘lganlar Janubiy departamentda qayd qilingan. Bu yerda mingdan ko‘proq odam ofat qurboniga aylangan.
Haiti bosh vaziri Ariel Anri tabiiy ofat qurbonlari xotirasiga 17 avgustdan mamlakatda 3 kunlik motam e'lon qilgan.
Shuningdek, mamlakatda bir oyga favqulodda holat kiritilgan.
BMT bosh kotibining gumanitar masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Martin Griffits xalqaro tashkilot Haitidagi zilziladan jabrlanganlarga 8 mln dollar yordam yo‘naltirishini ma'lum qilgan. “Ushbu mablag‘lar jabrlanganlarga toza suv, tibbiy yordam, vaqtinchalik boshpana va sanitar-profilaktik tadbirlar uchun yo‘naltirilmoqda”, deb ta'kidlab o‘tgan BMT vakili.
Mavzuga oid
15:52 / 09.09.2024
Marokashdagi zilzilaga bir yil to‘ldi. Aholi hanuz chodirlarda yashab, hukumat va’da qilgan yordamni kutmoqda
07:30 / 09.09.2024
Toshkentda yer silkinishi sodir bo‘ldi
07:10 / 24.08.2024
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Farg‘onada sezildi
21:37 / 21.08.2024