Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toliblar Afg‘onistonda demokratik tuzum o‘rnatilmasligini ma'lum qildi
Vohidulla Hoshimiyning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda demokratiya uchun asos yo‘q va bu yerda qabul qilinadigan yagona siyosiy tuzum shariat qonunlari bo‘ladi.
«Tolibon» harakati Afg‘onistonda demokratik tuzum o‘rnatmaydi, dedi harakatning yuqori martabali a'zolaridan biri Vohidulla Hoshimiy Reuters agentligiga.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda demokratiya uchun asos yo‘q va bu yerda qabul qilinadigan yagona siyosiy tuzum shariat qonunlari bo‘ladi.
Hoshimiy Afg‘onistonni «Tolibon» boshqaruv kengashi boshqarishi, Haybatulla Oxundzoda oliy yetakchi bo‘lishi mumkinligini aytdi.
U shuningdek, yangi milliy armiya tuzish rejasi haqida so‘z yuritib, armiya safiga hukumat qo‘shinlari harbiylari ham qo‘shilishi mumkinligini bildirdi.
Avvalroq toliblar matbuot anjumani o‘tkazib, Afg‘onistonda qonun va tartib hukmron bo‘lishi, hech kimdan qasos olinmasligi va ayollarning shariatdagi huquqlari himoya qilinishini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
14:26 / 05.07.2026
Afg‘onistondan dronda narkotik olib o‘tishning oldi olindi
13:47 / 29.06.2026
Pokiston yana Afg‘onistonga hujum qildi
18:19 / 22.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida aviaqatnovlar soni oshiriladi
09:05 / 17.06.2026