Buxoroda soxta “mo‘ri tozalovchi”ga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Olot tumanida soxta mo‘ri tozalovchi aholi xonadonlariga kirib, firibgarlik yo‘li bilan 25 ming so‘mdan pul yig‘ib chiqqani aniqlandi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, noma'lum shaxslar 2020-2021 yillar davomida 49 ta holatda tumanda yashovchi fuqarolarning xonadonlariga borib, dudburon, o‘t o‘chirish, elektr energiyasi tarmoqlarini ko‘zdan kechirgan holda aholidan 25 ming so‘mdan pul mablag‘larini firibgarlik yo‘li bilan yig‘ib olgan.
Holat yuzasidan noma'lum shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov hamda tezkor surishtiruv harakatlari olib borilgan.
Natijada, ushbu jinoyatni Buxoro tumani Rabotiqalmoq mahallasida yashovchi, 1994 yilda tug‘ilgan, “Gaz va elektrdan maxsus nazorat” MChJ rahbari J.M. sodir qilganligi ma'lum bo‘lgan. Hozirda ushbu fuqaroning yana shu kabi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Oldinroq Buxoroda 2 000 dollar evaziga fuqaroni OTMga o‘qishga kiritmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olingandi.
Mavzuga oid
17:50 / 29.11.2024
Buxoroda hokimlar, o‘rinbosarlar va sektor rahbarlari 6 oylik favqulodda ish tartibiga o‘tkazildi
20:33 / 28.11.2024
Buxoroda salkam 9 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi
12:03 / 28.11.2024
Buxoroda gaz portlashi: bir oiladan 2 kishi vafot etdi, 2 kishi kuyish jarohatini oldi
09:51 / 21.11.2024