Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Narzullo Oblomurodov Ekopartiyadan prezidentlikka nomzod sifatida tasdiqlandi
Ekopartiya delegatlari Narzullo Oblomurodov nomzodini bir ovozdan ma'qullashdi.
27 avgust kuni Toshkentda O‘zbekiston Ekologik partiyasining 3-qurultoyi bo‘lib o‘tdi. Kun.uz muxbiri xabariga ko‘ra, tadbirda partiya tomonidan prezidentlikka nomzodni tasdiqlash masalasi ko‘rib chiqilgan.
Qayd etilishicha, partiya a'zolari Ekopartiya markaziy kengashi ijroiya qo‘mitasi raisi Narzullo Oblomurodovni prezidentlik sayloviga nomzod sifatida tasdiqlashdi.
Bu yil Ekologik partiya “Biz kelajak uchun javobgarmiz” shiori ostida saylovda ilk bor qatnashmoqda.
Qurultoyda delegatlar saylovoldi dasturi bilan tanishtirildi. Nomzodning saylovoldi dasturi bir qator ekologik muammolarni bartaraf etish, aholining ekologik madaniyatini oshirish masalalariga qaratilgan.
Xususan, dasturdan “yashil iqtisodiyot”ni rivojlantirish, aholini toza ichimlik suv bilan ta'minlash qamrovini kengaytirish, chiqindilarni qayta ishlashga qaratilgan davlat siyosatini kuchaytirish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish kabi vazifalar o‘rin olgan.
Qurultoyda delegatlar nomzodning saylovoldi dasturini bir ovozdan ma'qulladi.
Avvalroq “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan O‘zbekiston prezidentligiga Alisher Qodirov nomzodi tasdiqlangandi. 26 avgust kuni u o‘zining saylovoldi dasturini taqdim etgan.
Mavzuga oid
23:08 / 04.04.2026
Hayvonlarni shafqatsiz munosabatdan himoya qilish bo‘yicha alohida qonun loyihasi ishlab chiqilmoqda
09:26 / 30.09.2024
Ekopartiya raisi Mo‘ynoqda elektorat vakillari bilan uchrashdi
19:02 / 11.05.2023
Ekopartiyaning O‘zbekiston prezidentligiga nomzodi ma’lum bo‘ldi
11:39 / 07.08.2022