Uçraşuvda Abduşukur Xamzayev partiyaning saylovoldi dasturi yuzasidan töxtalib, undagi takliflar elektoratning xohiş-istaklarini inobatga olgan holda işlab çiqilganini ta’kidladi. Şuningdek, dasturda belgilangan maqsadlar orqali ekologik huquqlarni himoya qiliş hamda iqlim özgarişining salbiy oqibatlarini yumşatişga e’tibor qaratilişi qayd etildi.

Partiya rahbari Orol fojiasidan xulosa çiqargan holda, qurğoqçil hududlarda ekologik muammolar tufayli paydo bölayotgan kasalliklarni aniqlaş, ularni monitoring qiliş va oldini oliş çoralarini köriş zarurligini aytib ötdi. Şuningdek, iqlim özgarişiga çidamli yangi navlarni yaratişni rağbatlantiriş hamda bioxilma-xillikni saqlaşga qaratilgan loyihalarni amalga oşiriş muhim vazifalar sifatida körsatildi.

Abduşukur Xamzayev partiyaning Orolböyi hududidagi bioxilma-xillikni asraş, çöllanişning oldini oliş va ekoturizmni rivojlantiriş böyiça bir qator taşabbuslarini bayon qildi. Uşbu taşabbuslar xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikda amalga oşirilişi ta’kidlandi.

Uçraşuv davomida Qoraqalpoğistonda sönggi beş yilda amalga oşirilgan ekologiyaga oid loyihalar xususida ham ma’lumot berildi. Partiya hudud iqlimini yaxşilaş yölidagi işlarini yanada kuçaytirişga va’dalar berdi.

Tadbir yakunida partiya taşabbuslarini amalga oşirişda jamoatçilik nazoratini yölga qöyiş va aholi bilan hamjihatlikda iş olib boriş muhim ekanligi alohida ta’kidlandi.