Sport | 17:58 / 30.08.2021
13409
1 daqiqa o‘qiladi

Boks bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi Osiyo chempionatida 1-o‘rinni egalladi

Dubayda boks bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston milliy jamoasi umumjamoa hisobida 22ta medal bilan o‘z tarixida ilk bor 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Yigitlar jamoasi 6ta oltin, 4ta kumush va 1ta bronza, qizlar jamoasi esa 3ta oltin, 3ta kumush, 5ta bronzaga sazovor bo‘ldi.

29 avgust kuni musobaqa doirasida o‘smirlar o‘rtasida final bahslari tashkil etildi. Chempionatning o‘smirlar o‘rtasidagi janglari yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi vakillari birinchi bo‘lishdi.

Jamoa musobaqada 6ta oltin, 4ta kumush va 1ta bronza medaliga sazovor bo‘lishdi.

Terma jamoa safida quyidagi bokschilar sovrindor bo‘lishdi:

Oltin:
-50 kg: Hojiakbar Mahmudov
-60 kg: Javohir Ummataliyev
-63 kg: Lazizbek To‘lqinov
-66 kg: Fazliddin Erkinboyev
-70 kg: Shavkatjon Boltayev
-81 kg: Sardorbek Tursunov

Kumush:
-52 kg: Abdulloh Madaminov
-54 kg: Mironshox Norqosimov
-57 kg: Dalerjon Bozorov
-75 kg: Mizrob Nekboyev

Bronza:
-46 kg: Baxtiyor Yaxshiboyev

Ikkinchi o‘rinni qozog‘istonlik bokschilar band etishgan bo‘lsa, kuchli uchlikka hindistonlik bokschilar yakun yasashdi. Yana bitta oltin medalni esa Eron vakili qo‘lga kiritdi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid