Jahon | 20:54 / 01.09.2021
8364
1 daqiqa o‘qiladi

Ispaniyada kuchli suv toshqinlari yuz berdi

Alkanar shahrida tunda boshlangan kuchli jala tushgacha davom etgan. Toshqinlar avtomobillar va boshqa buyumlarni O‘rtayer dengiziga oqizib ketgan. 

Ispaniyaning Kataloniya avtonom o‘lkasida kuchli suv toshqinlari yuz berdi. Bu haqda The Washington Post xabar qildi.

Xabarda aytilishicha, Alkanar shahrida tunda boshlangan kuchli jala tushgacha davom etgan. Toshqinlar avtomobillar va boshqa buyumlarni O‘rta dengiziga oqizib ketgan. 

Kataloniya meteorologiya xizmatining ma'lumot berishicha, ushbu vaqt ichida bir kvadrat metr maydonga 215 litr suv tushgan. 

Mahalliy hokimiyat suv toshqinlari yana yuz berishi mumkinligi bois aholini uylaridan chiqmaslikka chaqirdi. Anomal tabiat hodisasi Madridda ham kuzatildi. Bu yerda chaqmoq zarbasi 9 ming martadan ortiqroq qayd etilgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid