Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qoraqalpog‘iston prokuraturasi binosida yong‘in yuz berdi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuratura binosida yong‘in kelib chiqdi. Qoraqalpog‘iston prokuraturasi matbuot xizmati holat yuzasidan rasmiy ma'lumot berdi.
Qayd etilishicha, yong‘in 1 sentabr kuni soat 14:30 chamasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi binosi 3-qavatining balkonida kelib chiqqan.
Ushbu yong‘in bo‘yicha kelib tushgan xabarga ko‘ra, Nukus shahar favqulodda vaziyatlar bo‘limi Yong‘in o‘chirish ekipaji voqea joyiga yetib kelib, yong‘in qisqa vaqtda bartaraf etilgan.
Yong‘inning kelib chiqishiga elektr simining qisqa tutashuvi sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda.
Hodisa oqibatida balkonning tom qismi zararlangan. Yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.
Sodir bo‘lgan holat bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi rasmiy ma'lumotda.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Qoraqalpog‘istonda stansiyada turgan vagon yonib ketgandi.
Mavzuga oid
13:26 / 20.12.2025
Qoratosh–Samarqand Darvoza ko‘chalari kesishmasida mashina yonib ketdi
08:21 / 13.12.2025
«Aviasozlar» bozori hududida yong‘in sodir bo‘ldi
12:38 / 08.12.2025
Toshkentda yong‘in va zilzila bo‘yicha amaliy-taktik mashqlar o‘tkaziladi
19:56 / 07.12.2025