Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda qarzdor ota farzandlari uchun 83 million so‘m aliment to‘ladi
Samarqand shahrida yashovchi ota ikki nafar farzandining voyaga yetgunigacha bo‘lgan muddatni hisoblab 83 million so‘m aliment to‘lagan. Bu haqda MIB viloyat boshqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Camarqand shahar sudining qarori bilan fuqaro A.B.dan undiruvchi Sh.R.ga ikki nafar voyaga yetmagan farzandlarining moddiy ta'minoti uchun daromadning uchdan bir qismi miqdorida aliment undirish belgilangan. Bu holat bo‘yicha MIB Samarqand shahar bo‘limi tomonidan ijro ishi yuritilgan.
Muqim daromadi bo‘lmagan, kam ta'minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qo‘llab-quvvatlash kerakligi inobatga olinib, MIB xodimlari qarzdor A.B. bilan suhbat o‘tkazgan. Unga farzandlarini moddiy qo‘llab-quvvatlash har bir otaning burchi ekani tushuntirilgan.
Bunday maslahat va suhbatdan o‘ziga to‘g‘ri xulosa chiqargan qarzdor ota shu kuni farzandlari ta'minotini o‘ylab, ular voyaga yetgunigacha bo‘lgan davrni hisoblab 83 million 262 ming so‘m to‘lab bergan.
Mavzuga oid
23:04 / 13.06.2026
Samarqandda Rossiyada ishlashni rejalashtirayotgan fuqarolar uchun test markazi ochiladi
10:50 / 12.06.2026
Samarqandning olis tumanlariga investitsiyalar jalb etiladi
17:46 / 10.06.2026
Samarqand tumanlari qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik va qayta ishlash sanoatiga ixtisoslashgan hudud sifatida rivojlantiriladi
18:42 / 05.06.2026