Ma'lum qilinishicha, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining qaroriga asosan qarzdor A.K.dan undiruvchi G.M.ga bir nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy ta'minoti uchun daromadining to‘rtdan bir qismi miqdorida aliment undirish belgilangan. Sud qarori buyicha MIB Samarqand shahar bo‘limi ijro ishini yuritgan.
Muqim daromadi bo‘lmagan, kam ta'minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qo‘llab-quvvatlash kerakligi inobatga olinib, MIB xodimlari qarzdor A.K. bilan suhbat o‘tkazgan. Unga farzandlarini moddiy qo‘llab-quvvatlash har bir otaning burchi ekanligi tushuntirilgan.
Bunday maslahat va suhbatdan o‘ziga to‘g‘ri xulosa chiqargan qarzdor ota shu kuni farzandi ta'minoti uchun 106 million 992 ming so‘m aliment pullarini to‘lab bergan.











