Jahon | 18:44 / 14.09.2021
10246
1 daqiqa o‘qiladi

Eron yadroviy kallak yaratish arafasida turibdi – OAV

Eron hukumati mamlakat yadroviy dasturi faqat tinchlik maqsadlariga qaratilganini ta'kidlamoqda.

Foto: AFP

Eron bir oydan so‘ng yadroviy kallak tayyorlashga yetadigan darajadagi xomashyoga ega bo‘lishi mumkin, deb yozadi The New York Times.

Nashr Xalqaro atom energiyasi agentligi hisobotini o‘rganib chiqqan ekspertlar fikriga tayangan holda ushbu xulosaga kelgan.

“Eron yadro quroli yaratishga hech qachon hozirgidek yaqin kelmagan. Aftidan, Eron mamlakatning yadroviy imkoniyatlarini tiklashda muvaffaqiyatga erishdi”, – deyiladi nashr maqolasida.

Shu bilan birga, Eron hukumati mamlakat yadroviy dasturi faqat tinchlik maqsadlariga qaratilganini ta'kidlamoqda.

Avalroq Eron oxirgi uch oy ichida boyitilgan uran zaxirasini to‘rt baravarga – 2,4 kilogrammdan 10 kilogrammga yetkazgani aytilgandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid