O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari avgustda ham ko‘paydi
Oltin-valuta zaxiralari o‘tgan oy 1 mlrd dollarga ko‘paygan bo‘lsa, 1 sentyabrda zaxiralar 0,3 mlrd dollarga oshdi.
Markaziy bank ma'lumotlariga ko‘ra, 1 sentyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari 35,4 mlrd dollarni tashkil qilmoqda. Avgustda ham zaxiralar 1 mlrd dollarga oshib, 35,1 mlrd dollarga teng bo‘lgandi.
Raqamlar sentyabrda oltin-valuta zaxiralari 0,3 mlrd dollarga yetganini ko‘rsatadi.
Bunda oltin miqdori 0,3 mlrd dollarga oshib, 21,8 mlrd dollarga yetgan (taqqoslash uchun: avgustda 1 mlrd dollarga oshib, 21,5 mlrd dollarga yetgandi).
Zaxiralarning o‘sishi o‘tgan oylardagi kabi faqat oltinning sof fizik hajmi evaziga yuz berdi. O‘tgan oyda ham ayni shu tendensiyani kuzatish mumkin.
Ma'lumotlar xorijiy valutadagi aktivlar kamayganini ko‘rsatadi. Avgustda 13,1 mlrd dollar bo‘lgan aktivlar, sentyabrga kelib 12,4 mlrd dollarga yetdi, bu 700 ming dollarga aktivlar kamayganini ko‘rsatadi.
Yil boshidan beri valutadagi aktivlar 1,9 mlrd dollarga kamaygan.
Eslatib o‘tamiz, oltin-valuta zaxiralari 1 mlrd dollarga ko‘paygani ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
11:25 / 09.12.2022
Yil boshidan beri O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari 1,7 mlrd dollarga kamaydi
14:27 / 22.08.2022
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari qariyb 1 mlrd dollarga kamaydi
10:36 / 20.07.2022
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari ko‘paydi
16:17 / 20.06.2022