Özbekistonning rasmiy zaxira aktivlari 1 may holatiga 49,25 mlrd dollarni taşkil etib, 1 aprel holatiga nisbatan 1,4 mlrd dollarga oşdi. Bu haqda Markaziy bank tomonidan e’lon qilingan hisobotda keltirib ötilgan.
Ötgan oyda xorijiy valutadagi zaxiralar 617 mln dollarga oşdi — 9,41 mlrd dollardan 11,03 mlrd dollargaça. Öz navbatida zaxiralardagi oltinning fizik hajmi 11,8 mln troya unsiyadan 11,5 mln troya unsiyagaça kamaygan bölsa-da, qiymati 36,8 mlrd dollardan 37,6 mlrd dollargaça oşgan. Bunga mart oyida oltin narxlarining keskin qimmatlaşgani sabab bölgan.
“Özbekiston yalpi xalqaro zaxiralari hajmi 2025 yil aprel oyida 1401 mln dollarga oşdi. Xususan, oy davomida oltin narxining 3120,2 dollardan 3284,3 dollargaça oşişining ta’siri 1881,3 mln dollarni taşkil etdi”, deyiladi MB xabarida.
Bundan taşqari, ötgan yildan Markaziy bank aktivlarni diversifikatsiya qiliş doirasida xorijiy qimmatli qoğozlarni sotib olişni ham boşlagandi. Aprel oyi yakuniga kelib zaxiradagi bunday qimmatli qoğozlar hajmi 704 mln dollarga yetgan.








