Markaziy bank Özbekistonning xalqaro zaxiralari töğrisidagi ma’lumotlarni yangiladi.

2022 yilning 1 dekabr holatiga köra, Özbekistonning oltin-valuta zaxiralari 33,44 mlrd dollarni taşkil qilgan.  Taqqoslaş uçun bu körsatkiç 2022 yil 1 noyabr holatiga köra, 32,31 mlrd dollar bölgan. Raqamlar ötgan bir oyda Özbekistonning rasmiy zaxiralari 1,13 mlrd dollarga köpayganini körsatmoqda.

Noyabr oyi davomida oltinning fizik hajmi (12,8 mln troya unsiya) özgarmagan bölsa-da, qiymati 21 mlrd dollardan 22, 46 mlrd dollarga oşgan. Bu asosan hisobot davrida jahon bozorida oltin narxlarining qimmatlaşgani bilan boğliq.

Şuningdek, zaxira aktivlari tarkibidagi xorijiy valuta zaxiralari 10,29 mlrd dollardan 9,93 mlrd dollarga kamaygan.

«Özbekiston Respublikasi yalpi xalqaro zaxiralari 2022 yil boşidan 1,7 mlrd dollarga yoki 4,83 foizga kamaydi. Bunda oltin narxi yil boşidagi 1799,25 dollardan 1759,65 dollargaça pasayişining ta’siri 0,51 mlrd dollarni taşkil qildi», - deyiladi Markaziy bank izohida.

Zaxiralar mamlakatning “xavfsizlik yostiqçasi” ham hisoblanadi – ular salbiy taşqi şok holatlarda zarbani kamaytiruvçi omil sifatida zarur. Xalqaro taşkilotlar tavsiyalariga köra, rivojlanayotgan davlatlar uçun zaxiralar kamida 3 oylik importni qoplaşi kerak.