O‘zbekistonning oltin-valuta zaxirasi 1 mlrd dollarga ko‘paydi
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari 1 avgust holatiga ko‘ra, 35,1 mlrd dollarni tashkil etmoqda. O‘tgan oyning shu davrida zaxiralar 34,1 mlrd dollar edi.
Markaziy bank iyul oyi yakunlari bo‘yicha O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari to‘g‘risidagi ma'lumotlarni e'lon qildi.
Iyul oyi yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston oltin-valuta zaxiralari qoldig‘i 1 mlrd dollardan ziyodga ko‘payib, 35,1 mlrd dollarni tashkil etdi. 1 iyulda zaxiralar 34,1 mlrd dollarni tashkil etgan.
Bunda oltin miqdori 1,3 mlrd dollarga oshib, 21,5 mlrd dollarga yetgan.
Zaxiralardagi oltinning sof fizik hajmi 300 ming troya unsiyasiga yoki 9,3 tonnaga ko‘paygan. Avgust oyining boshida O‘zbekiston 11,8 mln troya unsiyasi yoki qariyb 367 tonna oltin zaxiralarini jamlagan.
Eslatib o‘tamiz, 2021 yil 1 iyun holatiga, O‘zbekiston oltin-valuta zaxiralari 35,5 milliard dollarni tashkil etgandi. Bu rasmiy zaxiralarning ilk marta 35 mlrd dollardan oshishi bo‘ldi. Bunga sabab sifatida jahon bozorida oltin narxlarining tiklana boshlashi ko‘rsatilgandi.
Mavzuga oid
19:16 / 12.12.2024
“Eski namunadagi 100 dollarlik kupyuralarni ayirboshlashda cheklovlar yo‘q” – Markaziy bank
13:16 / 12.12.2024
Markaziy bank asosiy stavkani 13,5 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi
17:52 / 11.12.2024
Timur Ishmetov Markaziy Bank raisi etib tayinlandi
14:41 / 11.12.2024