2026 yil 1 yanvar holatiga, Özbekistonning oltin-valuta zaxiralari 66,3 mlrd dollarni taşkil qildi. Zaxiralar qiymati dekabr oyida 5,1 mlrd dollarga köpaygan. Bu haqda Markaziy bank taqdim qilgan hisobotda keltirilgan.
Ötgan oy davomida zaxiralarning valuta qismi 829 mln dollarga oşgan bölsa, oltin qismining qiymati 4,2 mlrd dollarga oşib, 55 mlrd dollargaça köpaygan. Zaxiralar tarkibida oltinning fizik hajmi ham 12,2 mln troya unsiyadan 12,6 mln troya unsiyaga yetgan.
Umuman olganda, 2025 yil davomida Özbekistonning zaxira aktivlari 25,1 mlrd dollarga köpaydi. Katta ösiş xalqaro bozorda oltin narxlarining qimmatlaşişi fonida yuz berdi. Jahon savdosida noaniqliklar, AQŞ Federal rezerv tizimining mustaqilligi atrofidagi xavotirlar va Qöşma Ştatlarning fiskal barqarorligiga doir şubhalar kuçaygani sabab oktyabr oyida narxlar 4000 dollardan oşdi. Dekabr oyiga kelib esa qimmatbaho metall bahosi 4500 dollardan ham kötarildi. Oltin 2025 yilda 70 foizga qummatlaşdi, bu – oxirgi 46 yil içidagi eng katta ösiş.
Bundan taşqari, Markaziy bank tomonidan xarid qilingan qimmatli qoğozlarning qiymati yil davomida 102 mln dollardan 1 mlrd 532 mln dollargaça köpaydi.








