Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chexiyada aholi koronavirusga qarshi vaksinaning uchinchi dozasi bilan emlanadi
Mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi 60 yoshdan kattalar, tibbiyot xodimlari va xatar guruhidagilarni vaksinaning uchinchi dozasi bilan emlashni tavsiya qilgan.
Chexiyada aholini koronavirusga qarshi vaksinaning uchinchi dozasi bilan emlash boshlanadi, deb xabar berdi Associated Press.
Xabarga ko‘ra, mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi 60 yoshdan kattalar, tibbiyot xodimlari va xatar guruhidagilarni vaksinaning uchinchi dozasi bilan emlashni tavsiya qilgan.
Uchinchi doza sifatida Pfizer va Moderna vaksinalaridan foydalaniladi.
Pandemiya boshlanganidan buyon Chexiyada koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 1,6 mln holat qayd etilgan, 30 mingga yaqin bemor vafot etgan. Mamlakatda 5,9 mln kishi vaksinaning ikki dozasi bilan emlangan.
Mavzuga oid
09:14 / 27.05.2026
Chexiyalik fuqaro Eurojackpot lotereyasida 120 mln yevro yutdi
22:01 / 26.05.2026
Ukrainaga yordam beruvchi davlatlar koalitsiyasi ikki barobar qisqargani ma’lum bo‘ldi
20:20 / 01.05.2026
O‘zbekiston Chexiyadan 10 ta elektropoyezd sotib oladi
14:36 / 30.04.2026