Jahon | 14:29 / 23.09.2021
2721
1 daqiqa o‘qiladi

Chexiya YeIni mamlakatdagi saylovoldi kampaniyasiga aralashishda aybladi

Chexiya bosh vaziri Andrey Babishning fikricha, Yevroparlament deputatlari Chexiyaning ichki ishlariga aralashish maqsadida Yevropa komissiyasiga bosim o‘tkazmoqda.

Foto: Reuters

Yevropa ittifoqi hukumat organlari Chexiya parlamenti quyi palatasiga saylovlar oldidan saylovoldi kampaniyasiga aralashmoqda. Bu haqda Chexiya bosh vaziri Andrey Babish Parlamentnilisty nashriga bergan intervyusida aytdi.

U Yevroparlament deputatlarini Chexiyaning ichki ishlariga aralashish maqsadida Yevropa komissiyasiga bosim o‘tkazayotganlikda aybladi.

«Bu ularning ishi emas. Biz ozod va suveren mamlakatmiz», — deb ta'kidladi Babish.

Chexiya bosh vaziri shuningdek, YeK raisi o‘rinbosari, shaffoflik bo‘yicha yevrokomissar Vera Yourovani tanqid qildi.

Babishning so‘zlariga ko‘ra, Vengriya va Polsha ham YeIning ichki siyosatga bosimini his qilmoqda.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid