Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindiston poytaxtida nomi chiqqan jinoyatchi sud zalida otib o‘ldirildi
Jitender Gogi sud zaliga olib kelinganida advokat libosini kiyib olgan ikki jinoyatchi uni otib tashlagan.
Foto: EPA
Hindiston poytaxtida taniqli jinoyatchi Jitender Gogi sud majlisiga advokat qiyofasida kirgan raqobatchi jinoiy guruh vakillari tomonidan otib o‘ldirildi. Bu haqda Dehli politsiyasi komissari Rakesh Astana ma'lum qildi.
Qator jinoyatlarga aloqador bo‘lgan Jitender Gogi o‘tgan yili “Tixar” qamoqxonasiga joylashtirilgandi. “Tillu to‘dasi” deb nomlangan jinoiy guruh Gogini o‘ldirishni rejalashtirgani sababli politsiya uning xavfsizligini ta'minlash uchun u kasalxonada vafot etgani haqida xabar tarqatgandi.
Gogi sud zaliga olib kelinganida advokat libosini kiyib olgan ikki jinoyatchi uni otib tashlagan.
Astananing ma'lumot berishicha, hujum qilganlar politsiya tomonidan otib o‘ldirilgan. Gogining o‘zi ham halok bo‘lgan.
“Sud binosida metallni aniqlovchi detektorlar ishlagan-ishlamagani surishtiruvda aniqlanadi. Bu ishga aloqador hech kimni ayamaymiz”, – dedi u.
Mavzuga oid
09:26 / 05.05.2026
Vashingtondagi Oq uy yaqinida otishma sodir bo‘ldi, yarador bor
19:15 / 01.05.2026
MUMBAY. Xarobadagi milliardlar | SUBYEKTIV
08:35 / 27.04.2026
Ambanilarning 200 mlrd dollarlik biznes imperiyasi. Hammasi qanday boshlangandi?
20:13 / 25.04.2026