Jahon | 21:24 / 30.09.2021
5291
1 daqiqa o‘qiladi

Yevropada gaz narxi oshishda davom etmoqda

28 sentyabr kuni tarixda ilk bor Yevropada ming kub metr gaz narxi 1000 dollardan oshgandi.

Foto: Getty Images

Yevropada ming kub metr gaz narxi qariyb 1190 dollarga yetdi, deb xabar berdi TASS ICE birjasi savdosi ma'lumotlariga tayanib.

«Niderlandiyadagi TTF habida noyabr fyuchersi uchun ming kub metr gaz narxi 1187,45 dollarni tashkil etdi», — deyiladi xabarda.

30 sentyabr kuni ertalab bu ko‘rsatkich 1073 dollarga teng bo‘lgandi.

28 sentyabr kuni tarixda ilk bor Yevropada ming kub metr gaz narxi 1000 dollardan oshgandi.

Britaniyadagi uchta gaz va elektr ta'minotchilari Yevropada gaz narxi rekord darajada qimmatlashgani sababli mijozlarga xizmat qilishni to‘xtatishini e'lon qildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid