Yevropada gaz narxi 2018 yil mart oyidagi tarixiy ko‘rsatkichdan oshib ketdi. 

Yevropada gaz narxi Osiyodagi narxlar oshganidan so‘ng ko‘tarildi. Osiyoda noyabr fyuchersi uchun ming kub metr gaz narxi 1042 dollarga yetdi.

ICE Futures birjasida esa oktyabr fyuchersi uchun ming kub metr gaz narxi 1030 dollarni tashkil etdi.

2018 yil martda ming kub metr gaz narxi 969 dollarga yetgandi.

Britaniyada oxirgi 1,5 oy ichida gaz narxi yuqoriligi sababli 5 ta energetik kompaniya yopildi, yana 4 tasi yaqin orada bankrotga uchraganini e'lon qilishi mumkin.

Gaz narxi yil boshidan beri 3,5 marta, sentyabrda esa avgust oyiga nisbatan 70 foizga oshgan. Shu sababli kichikroq energetik kompaniyalar o‘z mijozlariga xizmat ko‘rsatishdan bosh tortmoqda.

O‘tgan haftada Yevropada ko‘mir narxi 13 yillik rekord darajaga yetib, bir tonnasi 137 dollarni tashkil etdi.