Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Finlandiyada qorako‘zanlar koronavirusga qarshi emlanadi
Qayd etilishicha, qorako‘zanlar FurcoVac vaksinasi bilan emlanadi. Vaksina Helsinki universiteti tadqiqotchilar guruhi tomonidan ishlab chiqilgan.
Finlandiya qorako‘zanlar koronavirusga qarshi emlanadigan Yevroittifoqdagi birinchi mamlakat bo‘ladi, deb xabar berdi Finlandiya mo‘ynali jonivor yetishtiruvchilar assotsiatsiyasi (FIFUR).
Qayd etilishicha, qorako‘zanlar FurcoVac vaksinasi bilan emlanadi. Vaksina Helsinki universiteti tadqiqotchilar guruhi tomonidan ishlab chiqilgan.
Finlandiya oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi boshqarmasi qorako‘zanlarni emlashga ruxsat berdi. Dastlabki emlashlar yaqin haftalar ichida boshlanadi.
Tadqiqot direktori Yussi Peuraning so‘zlariga ko‘ra, vaksinani ishlab chiqish o‘tgan yil kuzida boshlangan. Hozirda yarim million dozaga yaqin vaksina ishlab chiqarilgan.
Finlandiyada mo‘ynali jonivorlarning koronavirus yuqtirish holati qayd etilmagan, ammo Latviya va Daniyada koronavirus yuqtirgan millionlab qorako‘zanlar yo‘q qilingandi.
Mavzuga oid
08:35 / 03.06.2026
«Naftogaz» Rossiyadan tovon undirishni davom ettirmoqda
10:51 / 20.03.2026
Eng baxtli mamlakatlar ma’lum qilindi
15:49 / 06.02.2026
Finlandiya AQShni Ukrainaga kafolatlarni ehtiyotkorlik bilan ta’riflashga chaqirdi
14:54 / 28.01.2026