Daniya boş vaziri Mette Frederiksenning matbuot anjumanda ma'lum qilişiça, virusning mutatsiya qilgan uşbu turi odamlar orasida tarqalmoqda va ularda antitanalar hosil qiliş qobiliyatini kuçsizlantirmoqda.
Frederiksenning özi ham koronavirus yuqtirib olgan Adliya vaziri Nik Xekkerup bilan uçraşuvdan keyin ayni vaqtda karantinga ketgan.
Hozirda Daniyaning Şimoliy Yutlandiya viloyatida 12 kişida mutatsiya qilgan virus aniqlangan. Frederiksen u nafaqat Daniyaning qolgan qismiga, balki butun dunyoga tarqalişi mumkinligidan ogohlantirgan. Şu bilan birga, hukumat qoraközan fermalari egalariga moliyaviy yordam körsatişga va'da bergan.
Fermerlarga qoraközanlarni yöq qilişda qurolli kuçlar va favqulodda vaziyatlar agentligi kömak körsatadi. Fermerlar köradigan zararni qoplaş hukumatga 2,3-2,8 mlrd kronaga (362-441 mln dollar) aylanadi.
Daniya dunyoda qoraközan möynasining eng yirik işlab çiqaruvçisi hisoblanadi. Mamlakatda 1139 qoraközan fermasi bor bölib, ularda 15-17 mln qoraközan yetiştiriladi. Ayni vaqtda 200dan köproq fermada koronavirus tarqalişi qayd qilingan, ulardan 67tasida barça möynalilar yöq qilingan.
Iyun oyida şunday qarorni Niderlandiya hukumati qabul qilgandi: öşanda mamlakatdagi qoraközan fermalarida koronavirus tarqalişi qayd qilingandi.













