Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan fuqaroni mashina urib yubordi
Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan fuqaroni mashina urib yuborgan. Oqibatda piyoda og‘ir tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilgan. Bu haqda Qarshi tumani hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, joriy yil 29 sentabr kuni soat 19:00 larda davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan 4R-89 Qarshi – Tolimarjon GRES yo‘lining Saxtapiyoz qishlog‘i hududidan o‘tgan 5-kilometrida haydovchi B.Sh. boshqaruvida bo‘lgan «Neksiya» mashinasi tumanning Nuqrabot qishlog‘ida yashovchi D.A.ni urib yuborgan. Oqibatda piyoda og‘ir tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilgan.
Dastlabki surishtiruvda aniqlanishicha, piyoda to‘satdan tartibga solinmagan piyodalar o‘tish yo‘lagidan yugurib o‘tayotganida «Neksiya» mashinasi to‘xtashga ulgurmagan va piyodani urib ketgan.
Qayd etilishicha, ushbu holat yuzasidan Qamashi tumani IIB tomonidan tergov ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
18:17
“Suv ichaman deb chalg‘idim” – Navoiyda YTHga uchragan avtobus haydovchisi 10 yilga qamaldi
14:23
Samarqandda Damas haydovchisi YTH sodir etib, mashinadan tushib qoldi
15:55 / 13.06.2026
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
15:48 / 13.06.2026