Manbaning ma'lum qilishicha, joriy yil 1 oktabr kuni Qarshi tumanida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Qarshi tumani markazi Beshkent shaharchasidagi ko‘chalardan birida Cobalt va «Jiguli» mashinalari o‘zaro to‘qnashgan. Oqibatda, 1997 yilda tug‘ilgan «Jiguli» haydovchisi, Qarshi tumani IIB HPB Tahlil va muvofiqlashtirish guruhi katta inspektori, katta leytenant Tirkashev Dilshodbek Avaz o‘g‘li og‘ir tan jarohatlari olib shifoxonada vafot etgan.

Hodisa tafsilotlari haqida hali rasmiy ma'lumot berilmadi. Kun.uz manbasiga ko‘ra, Cobalt mashinasi katta tezlikda harakatlanib kelib «Jiguli» mashinasiga urilgan va hodisa joyidan ketib qolgan. Shuningdek, mazkur hodisada «Jiguli» mashinasi yo‘lovchisi ham jarohat olgani aytilmoqda.

Qashqadaryoda YPX avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi

Toshkent viloyatida mast haydovchi urib ketishi oqibatida YPX xodimi vafot etdi