Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mask sotuvga qo‘yilgan oxirgi uyining narxini pasaytirdi
Mask San-Fransisko ko‘rfazida 1912 yilda qurilgan uyni 2017 yilda 23,4 mln dollarga sotib olgan.
Tesla asoschisi Ilon Mask Kaliforniyadagi sotuvga qo‘yilgan uyining narxini pasaytirdi. Uning narxi 31,99 mln dollar etib belgilandi. Bu dastlabki narxdan 15 foizga (5,5 mln dollar) pastroqdir, deb yozadi Bloomberg agentligi.
Mask San-Fransisko ko‘rfazida 1912 yilda qurilgan uyni 2017 yilda 23,4 mln dollarga sotib olgan. U uydan asosan turli tadbirlar o‘tkazishda foydalangan.
Agentlikning yozishicha, u milliarderning oxirgi uyi hisoblanadi. Mask bu uyni sotishini iyunda e'lon qilgandi.
Avvalroq Mask Tesla bosh qarorgohi Kaliforniyadan Texasga ko‘chirilishini ma'lum qilgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Kaliforniyada uylar qimmatligi sababli Tesla xodimlari o‘zlariga uy sotib olishlari qiyin, yo‘l esa ko‘p vaqtni oladi.
Maskning o‘zi esa Texasga o‘tgan yili ko‘chib o‘tgandi. Milliarder SpaceX kompaniyasidan ijaraga olgan uyda yashaydi. Hozirda Mask dunyoning eng boy odami hisoblanadi: Forbes Real-Time ma'lumotlariga ko‘ra, uning boyligi 206,6 mlrd dollarni tashkil etadi.
Mavzuga oid
21:42 / 12.06.2026
Ilon Mask - insoniyat tarixidagi birinchi trillioner
16:26 / 12.06.2026
Ilon Mask dunyodagi ilk trillionerga aylanish arafasida: SpaceX aksiyalari sotuvga chiqyapti
10:03 / 12.06.2026
Ilon Mask 55 milliard dollarlik Terafab loyihasini ilgari surmoqda
08:50 / 12.06.2026