Surxondaryolik paxtakorlar paxta rejasini birinchi bo‘lib bajardi
Surxondaryolik paxtakorlar birinchi bo‘lib, joriy yilgi paxta topshirish shartnomaviy rejacini bajargan. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, surxondaryolik paxtakorlar birinchi bo‘lib, joriy yilgi paxta topshirish shartnomaviy rejasini bajargan. Fermer xo‘jaliklari tomonidan mo‘l hosil yetishtirilib, 246 ming 350 tonnadan ortiq paxta xirmoni bunyod etilgan va uning aksariyat qismi yuqori navlarga sotilgan. Bu belgilangan rejaning 100,1 foizini tashkil qilgan. Viloyatda paxta hosilini yig‘ib-terib olish uchun 2344 ta terim otryadida 164 ming nafardan ziyod terimchi, 1022 ta traktor va 2028 ta tirkama safarbar etilgan.
Viloyat paxtakorlari erishgan bu yutuqqa:
- Qumqo‘rg‘on tumani 29 ming 994 tonna;
- Sherobod tumani 26 ming 206 tonna;
- Muzrabot tumani 29 ming 943 tonna;
- Jarqo‘rg‘on tumani 26 ming 173 tonna;
- Oltinsoy tumani 9 ming 490 tonna;
- Sariosiyo tumani 7 ming 146 tonna;
- Bandixon tumani 11 ming 368 tonna;
- Sho‘rchi tumani 20 ming 752 tonna;
- Termiz tumani 8 ming 4 tonna;
- Uzun tumani 10 ming 192 tonna;
- Denov tumani 32 ming 140 tonna;
- Angor tumani 16 ming 542 tonna;
- Qiziriq tumani 19 ming 495 tonna paxta topshirib, munosib hissa qo‘shgan.
Qayd etilishicha, bugungi kunda viloyatning 13 ta tumanida 10 ta paxta-to‘qimachilik klasteri faoliyat olib bormoqda.
Mavzuga oid
11:53 / 13.11.2024
Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Surxondaryoda sezildi
08:15 / 13.11.2024
Uch hududda elektrdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi
13:36 / 06.11.2024
Surxondaryoda Cobalt'ning gaz quvuriga urilishi oqibatida avariya holati sodir bo‘ldi
20:01 / 01.11.2024