Surxondaryolik paxtakorlar birinçi bölib, joriy yilgi paxta topşiriş şartnomaviy rejacini bajargan. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, surxondaryolik paxtakorlar birinçi bölib, joriy yilgi paxta topşiriş şartnomaviy rejasini bajargan. Fermer xöjaliklari tomonidan möl hosil yetiştirilib, 246 ming 350 tonnadan ortiq paxta xirmoni bunyod etilgan va uning aksariyat qismi yuqori navlarga sotilgan. Bu belgilangan rejaning 100,1 foizini taşkil qilgan. Viloyatda paxta hosilini yiğib-terib oliş uçun 2344 ta terim otryadida 164 ming nafardan ziyod terimçi, 1022 ta traktor va 2028 ta tirkama safarbar etilgan.

Viloyat paxtakorlari erişgan bu yutuqqa:

  • Qumqörğon tumani 29 ming 994 tonna;
  • Şerobod tumani 26 ming 206 tonna;
  • Muzrabot tumani 29 ming 943 tonna;
  • Jarqörğon tumani 26 ming 173 tonna;
  • Oltinsoy tumani 9 ming 490 tonna;
  • Sariosiyo tumani 7 ming 146 tonna;
  • Bandixon tumani 11 ming 368 tonna;
  • Şörçi tumani 20 ming 752 tonna;
  • Termiz tumani 8 ming 4 tonna;
  • Uzun tumani 10 ming 192 tonna;
  • Denov tumani 32 ming 140 tonna;
  • Angor tumani 16 ming 542 tonna;
  • Qiziriq tumani 19 ming 495 tonna paxta topşirib, munosib hissa qöşgan.

Qayd etilişiça, bugungi kunda viloyatning 13 ta tumanida 10 ta paxta-töqimaçilik klasteri faoliyat olib bormoqda.