Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda ikkita yangi masjid ro‘yxatdan o‘tkazildi
Qashqadaryo viloyati Adliya boshqarmasi tomonidan yana ikkita yangi masjid ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Bu haqda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Qashqadaryo viloyati Qamashi va Koson tumanlarida yangi masjidlar ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Jumladan, Qamashi tumani Qishliq qishlog‘ida «Qishliq» jome masjidi, Koson tumani «Arabxona» mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi Beshgumbaz masjidi viloyat Adliya boshqarmasidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan.
Qayd etilishicha, har ikkala masjidga ularning ro‘yxatdan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi guvohnoma topshirilgan.
Ma'lumot uchun, Qashqadaryo viloyatidagi masjidlar soni 184 taga, O‘zbekistondagi masjidlar soni esa 2096 taga yetgan.
Mavzuga oid
18:26 / 20.05.2026
3 qurbon va «nafrat jinoyati» - Kaliforniya Islom markazidagi otishma tafsilotlari
13:20 / 15.05.2026
Turkistonda O‘zbekiston qurgan muhtasham masjid ochiladi
09:17 / 13.04.2026
Turkiyada O‘zbekiston ko‘magida qurilgan “Buxoro” masjidi ochildi
10:17 / 25.03.2026