O‘zbekiston | 08:30 / 21.10.2021
4445
1 daqiqa o‘qiladi

Metro bekatlarida savdo va xizmat ko‘rsatish maydonchalari tashkil etiladi 

Yerosti va yerusti metro bekatlarida savdo va xizmat ko‘rsatish maydonchalari tashkil etiladi. Bu haqda AOKAda Toshkent metropoliteni” DUK mutasaddilari ishtirokida o‘tkazilgan brifingda ma'lum qilindi.

Foto: Kun.uz

Qayd etilishicha, yil oxirigacha Toshkent metropoliteni uchun 5ta, 2022 yilda 14 ta to‘rt vagonli metro poyezdlari xarid qilinadi va poyezdlarning soni 80 taga yetkaziladi. Natijada, metro poyezdlarining o‘rtacha “yoshi” 38 yoshdan 26 yoshga qisqaradi.

2021 yil 1 sentyabrdan Chilonzor yo‘nalishi 3 minut va O‘zbekiston yo‘nalishi bo‘yicha birinchi marta 4 minutda ishlash tashkil qilinishi evaziga yo‘lovchilarni manzilga yetkazish vaqti 30 foizga qisqartirildi. 

Zamonaviy reklama vositalari (elektron displey) o‘rnatilishi hisobiga reklamalar soni 3-4 barobarga oshiriladi. Yerosti va yerusti metro bekatlarida savdo va xizmat ko‘rsatish maydonchalari tashkil etiladi va tadbirkorlarga elektron auksion shartlarida ijaraga beriladi.

Avvalroq, 7ta metro bekatida transport o‘tish bog‘lamalari qurilishi ma'lum bo‘lgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid