Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Polsha YeIni tark etishi mumkin - Yevroparlament vakili
Avvalroq Polsha bosh vaziri Mateush Moravetskiy Yevroittifoqni shantajda ayblagandi.
Foto: AP
Yevroparlament yetakchi fraksiyasi rahbari Manfred Veber Polsha Yevroittifoqni tark etishi mumkinligini aytdi, deb yozadi Redaktionsnetzwerk Deutschland.
Veberning so‘zlariga ko‘ra, blokning bo‘lajak sammitida Polsha va YeI o‘rtasidagi huquqiy bahsning murosali yechimini topish zarur.
«Agar qonun ustuvorligi va Yevropa huquqining amal qilish me'yorlari masalasi hal etilmasa, Polsha orqa eshik orqali YeIdan chiqishi mumkin», — dedi u.
Reuters agentligining ma'lumot berishicha, Yevropa parlamenti Polshaning YeIdan oladigan mablag‘ini qisqartirishni talab qiluvchi rezolyutsiya bo‘yicha ovoz bergan.
«Polsha o‘zini xavf ostiga qo‘ymoqda. Agar muloqot ish bermasa, oxir-oqibat turli ko‘rinishdagi sanksiyalarga o‘tishimizga to‘g‘ri keladi. Yevropa ittifoqida bunday siyosat nomaqbul hisoblanadi», — dedi Yevropa ishlari bo‘yicha davlat kotibi Kleman Bon.
Hozirda komissiya Varshavaga favqulodda fondlarning 57 milliard yevro mablag‘idan foydalanishni taqiqladi. Shuningdek, Varshavaga yangi jarimalar qo‘llanishi mumkin.
Avvalroq Polsha bosh vaziri Mateush Moravetskiy Yevroittifoqni shantajda ayblagandi.
7 oktyabr kuni Polsha Konstitutsion sudi YeI qonunchiligining ayrim qismlari mamlakat Konstitutsiyasidan ustun emasligi to‘g‘risida qaror qabul qildi. Qayd etilishicha, bu qaror Varshava va Bryussel o‘rtasidagi munosabatlarni keskinlashtirib yuborgan.
Mavzuga oid
10:10 / 21.04.2026
Fransiya va Polsha harbiy aloqa uchun sun’iy yo‘ldosh yaratadi
12:04 / 16.04.2026
Yangi biometrik chegara nazorati YeI aeroportlarida muammo chiqardi
07:45 / 09.04.2026
Infografika: Xitoy qarzi YeIni ortda qoldirdi
11:06 / 06.04.2026