Foto: Moskvada tashkil etilgan saylov uchastkasida katta navbat kuzatildi
O‘zbekistonning Moskva shahridagi elchixonasi qarshisida turnaqator navbat kuzatilgan. Yuzlab o‘zbekistonliklar prezident saylovida ovoz berish uchun erta tongdan bu yerga yetib kelgan.

Foto: Telegram / «Nigoh»
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video hamda fotosuratlarda elchixona oldidagi navbat uzoq masofaga cho‘zilgani, yuzlab vatandoshlar saylash huquqidan foydalanish uchun navbatini kutayotganini ko‘rish mumkin. Navbatda turganlar soni ikki mingga yaqin ekani aytilmoqda.
Telegramdagi “Nigoh” kanali moskvadagi vatandoshlarimiz O‘zbekistonning diplomatik vakolatxonasi bilan birgalikda saylovlarda ishtirok etib chiqqan fuqarolarga, shuningdek, jamoat tartibini saqlash uchun jalb etilgan Rossiya Federatsiyasi huquq-tartibot idoralari xodimlariga issiq ichimlik va oziq-ovqat tarqatishgani aks etgan suratlarni e'lon qildi.


Saylov jarayonidagi bunday faollik Rossiya ommaviy axborot vositalarining ham e'tiborini tortgan. Voqea joyidan reportaj tayyorlagan “MIR 24” telekanali muxbiri ertalabdan ovoz berishga jamlangan odamlarning ko‘pligidan hayratga tushganini yashirmaydi.




Eslatib o‘tamiz, Rossiyada vaqtincha mehnat qilayotgan yoki o‘qiyotgan o‘zbekistonliklar Sankt-Peterburg, Qozon, Vladivostok, Yekaterenburg, Rostov, Novosibirsk va Moskva shaharlarida tashkil etilgan saylov uchastkalarida ovoz berishlari mumkin.
O‘zbekistondan tashqarida 37 ta xorijiy davlatda 54 ta saylov uchastkasi tuzilgan bo‘lib, 299 780 kishi saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan.
14–20 oktabr kunlari 120 524 nafar saylovchi Saylov kodeksining 57-moddasiga asosan chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalar huzurida tuzilgan saylov uchastkalarida muddatidan oldin ovoz berishgan.
Prezident saylovi 24 oktabr kuni mahalliy vaqt bilan 8:00 da boshlanib, 20:00 gacha davom etadi. O‘zbekiston prezidentligi uchun «Milliy tiklanish»dan partiya yetakchisi Alisher Qodirov, O‘zLiDePdan amaldagi prezident Shavkat Mirziyoyev, «Adolat» SDPdan partiya rahbari Bahrom Abduhalimov, Ekopartiyadan partiya raisi Narzullo Oblomurodov va XDPdan Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati Maqsuda Vorisova kurash olib borishmoqda.
Agar nomzodlardan birortasi 50 foizdan ko‘proq ovoz yig‘a olmasa, saylovlarning 2-bosqichi o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. Unda 1-bosqichda eng ko‘p ovoz to‘plagan ikki nomzod kurashni davom ettiradi.
O‘zbekistonda prezident saylovi har 5 yilda o‘tkaziladi. 2016 yilda o‘tkazilgan prezident saylovida Shavkat Mirziyoyev 88 foizdan ko‘proq ovoz bilan g‘alaba qozongandi.
Tavsiya etamiz
Qaysi toifadagi talabalardan o‘qishni tugatguncha granti olib qo‘yilmaydi?
O‘zbekiston | 11:26 / 07.06.2025
Milliy jamoa a’zolariga BYD avtomobillari topshiriladi
Sport | 16:14 / 06.06.2025
Tramp va Mask ochiqchasiga urishib ketdi
Jahon | 12:05 / 06.06.2025
Yangi Toshkent qanaqa bo‘ladi? Bosh arxitektor va mas’ul shaharsoz bilan suhbat
O‘zbekiston | 17:07 / 05.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentning ayrim ko‘chalari velomarafon sabab vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 00:21
-
Turkiyada sayyohlarning kartasidan 29 mln dollar o‘g‘irlagan guruh a’zolari ushlandi
Jahon | 22:58 / 07.06.2025
-
Ilon Mask AQSh prezidenti bilan ziddiyat ortidan yangi partiya tuzishni taklif qildi
Jahon | 22:08 / 07.06.2025
-
Jyeyms Kukning afsonaviy Endeavour kemasi topildi
Jahon | 21:48 / 07.06.2025
Mavzuga oid

12:16 / 19.05.2025
Ruminiyada prezidentlik saylovida Buxarest meri g‘alaba qozondi

11:44 / 19.05.2025
Polshada prezidentlik saylovlarining ikkinchi turi bo‘lib o‘tadi

17:06 / 07.04.2025
Janubiy Koreyada navbatdan tashqari prezidentlik saylovi belgilandi

23:40 / 08.03.2025