Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan mamlakatda prezidentlik va parlament saylovlari dastlab rejalaştirilganidek, 2028 yilda ötkazilişini aytdi.

Muxolifatning saylovlarni uşbu sanadan ertaroq ötkaziş haqidagi çaqiriğiga munosabat bildirar ekan, Erdöğan bunga heç qanday asos yöqligini ta’kidladi.

Turkiya muxolifatidagi Respublika Xalq partiyasi (CHP) yetakçisi Özğur Özel joriy yilning noyabr oyida muddatidan oldin prezidentlik saylovini ötkazişga çaqirdi. Unga köra, hukmron «Adolat va taraqqiyot» partiyasi özini «birinçi raqamli» siyosiy kuç deb hisoblasa, «saylov qutisidan» qörqmasligi kerak.

«Konstitutsiya va saylov qonunçiligi özgarmagani uçun 2028 yilda prezident va parlament saylovlari, 2029 yilda mahalliy saylovlar böladi, janob Özel. Taqvimdagi tasodifiy sanaga barmoğingizni bosib, saylovlar ötkazilişi kerak, deyiş sizning orzungiz bölişi mumkin, lekin xalqning bunday muammosi yöq. Millat uçun kun tartibida saylov yöq», dedi Erdöğan.

Rajab Toyyib Erdöğan 2014 yildan buyon Turkiya prezidenti. U uçinçi marta 2024 yil iyun oyida lavozimga kirişdi va 2028 yilgaça xizmat qiladi. Garçi mamlakat Konstitutsiyasi prezidentlik muddatini ikki davr bilan çeklagan bölsa-da, Turkiya Adliya vazirligi Erdöğanning ikkinçi muddati hisobga olinmaydi, degan qarorga keldi. Çunki mamlakat 2018 yilda parlament boşqaruvidan prezidentlik şakliga ötgan.

Erdöğan may oyida yana bir muddatga saylaniş niyati yöqligini aytdi.