Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada mehnat migrantlari uchun patent to‘lovi narxi oshadi
Magadan oblasti hukumati esa mehnat migrantlari uchun patent to‘lovi qiymatini uch baravarga pasaytirishni rejalashtirmoqda.
Rossiyaning ayrim oblastlarida mehnat migrantlari uchun patent to‘lovi narxini oshirish rejalashtirilmoqda, deb xabar bermoqda mahalliy OAV.
Xususan, Omsk oblastida hozirda patent uchun to‘lov oyiga 3890 rublni tashkil etmoqda. 2022 yildan esa 4 ming rubldan ortiqroq bo‘lishi kutilmoqda.
Tyumen oblastida ham xorijliklar uchun patent to‘lovi qiymati oshiriladi.
«2022 yilda xorij fuqarolari uchun patent qiymati oyiga 6203 rublni tashkil etishi mumkin. 2021 yilda oyiga 5896 rublni tashkil etmoqda», - deb yozadi Regnum.
Sib.fm saytining xabar berishicha, 2022 yilda Novosibirsk oblastida patent to‘lovi 247 rublga yoki 5,6 foizga oshadi. Hozirda Novosibirskda oyiga 4428,9 rubl to‘lanadi.
Saxalin oblast dumasi patent narxini oshirmaslikka qaror qildi – 2022 yilda ham xorij fuqarolari oyiga 6741,79 rubldan to‘laydi.
Magadan oblasti hukumati esa mehnat migrantlari uchun patent to‘lovi qiymatini uch baravarga pasaytirishni rejalashtirmoqda, deb yozadi vesma.today.
2021 yilda bu yerda patent qiymati 3 baravarga oshgandi. Hozirda to‘lov oyiga 6710,4 rublga teng.
Agarda bu boradagi qaror qabul qilinsa, patent to‘lovi 2312 rublni tashkil etishi mumkin.
Mavzuga oid
22:50 / 22.06.2026
Rossiyada 8 yoshli qahramon Xizir Derbichevning jasadi topildi
21:39 / 22.06.2026
Rossiyada migrantlarning pul o‘tkazmalaridan komissiya undirish taklif etildi
09:32 / 20.06.2026
Bokuda sakkiz nafar Rossiya fuqarosi qamoq jazosiga hukm qilindi
22:13 / 19.06.2026